“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yangi tahriri 3 ming nusxada qayta nashr etildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti)ning bir guruh lug‘atshunoslari tomonidan 2006—2008-yillarda 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yaratilgan va nashr etilgan.

Ushbu lug‘atga 80 mingga yaqin o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari, fan, san’at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo‘llanadigan so‘zlar, tarixiy atamalar jamlangan.

“Lug‘atning yangi tahririga esa jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar natijasida iste’molga kirib kelgan yuzlab yangi so‘z va atamalar kiritilgan. Masalan, broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding, displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi so‘zlar shular jumlasiga kiradi”, — deyiladi xabarda.

От qwert.uz