Klassik avtomobillarni qidirish va ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi LBI Limited kompaniyasi beshta Alfa Romeo o‘rin olgan eski garaj topilganini ma’lum qildi. Modellardan ikkitasi 40 yildan buyon minilmagan, deb xabar beradi Carakoom  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: LBI Limited

“Do‘stlarimizdan biri Pensilvaniya markaziy qismidagi omborlardan birida uzoq vaqtdan beri turgan eski Alfa Romeo’lar haqida ma’lum qildi. Bu kabi gap-so‘zlar kamdan kam hollarda odamni biror natijaga eltadi, biroq bu safar boshqacha bo‘ldi. Biz avtomobillarini sotishga rozi bo‘lgan ushbu garaj egasini qidirib topdik”, — deyiladi xabarda.

Mazkur avtomobillar hozirgi egasiga oilasining qaysidir a’zosidan meros bo‘lib qolgan. Beshta avtomobilning uchtasi atrofi o‘ralgan bo‘lib, mashinalar “tiriklay ko‘milgan”dek garajga kirish qismi fanerlar bilan yopib tashlangan bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu garaj ichidan 1967-yilgi Giulia, 1969-yilgi Berlin ava 1976-yilgi Alfetta o‘rin olgan.

Foto: LBI Limited

Ikkinchi garajda esa yana ikkita avtomobil bo‘lgan — Giulietta Sprint (1959-yil) va Giulietta Spider (1959-yil). Ikkalasi ham bu yerga 40 yil oldin olib kirilgan. Hozirda beshta avtomobilning barchasi LBI Limited avtosaloniga ko‘chirilgan bo‘lib, ular o‘zining yangi egasini kutmoqda.

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

От qwert.uz