Dard va qalb (sheʼr)

Gʼir-gʼir esar shaboda,
Oʼynaydi tut bargini.
Goʼyoki shu asnoda,
Аytar unga dardini.

Soʼngra oʼtib gʼoʼzaga,
Dardlashadi u bilan.
Dardi chiqib yuzaga,
Yengil tortar shu bilan.

Shaboda shunday tarzda,
Barcha bilan dardlashar.
Bu axir unga farzda,
Shunda dard yengillashar.

Siz xam shunday yoʼl tutib,
Ichga yutmang dardingiz.
Gʼam-gʼussani unutib,
Shaffof boʼlsin qalbingiz!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF