Baxor chogʼi falakdan yomgʼir,
Bir zum tinmay quyardi sharros.
Yomgʼir suvin shimib ona yer,
Toʼlib ketib, namiqdi bir oz.

Yomgʼir quyib, yuvar daraxtni,
Qurt-qumursqa yotar inida.
Shamol silar xar bitta bargni,
Qolmoqchiday uning yonida.

Oʼtirardim anxor boʼyida,
Kiyimlarim edi jiqqa xoʼl.
«Nima zarur» derdi bir nido,
Yana biri derdi:»Bardam boʼl».

Bir ozdan soʼng yomgʼir xam tindi,
Saxiy quyosh chiqdi charaqlab.
Uyga tomon ketaman endi,
Oyoq bilan yoʼlni «varaqlab»!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz