Bedana shoxga qoʼnib,
«Pitbildiq» deb sayrardi.
Quyosh vannasin olib,
Badanlari yayrardi.

Berilib xonish qilsa,
Barcha unga rom boʼlar.
Uni qalbdan tinglansa,
Koʼngillar orom olar.

Quyosh vannasi biroq,
Choʼzilmadi uzoqqa.
Bedana ketmay yiroq,
Tushib qoldi tuzoqqa!.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz