Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Alitepa” mahallasida tadbirkor Qobiljon Obidov tashabbusi bilan qad rostlagan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Tadbirkor tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida barpo etilgan sport maskanining loyiha qiymati 4 milliard 300 million so‘mni tashkil etadi.

Zamonaviy sharoitlarga ega muassasada shaxmat hamda voleybol sporti bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, maktabda bir vaqtning o‘zida 150 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olishi mumkin. Maktab qoshida, shuningdek, shaxmat hamda voleybol muzeylari tashkil etilgan. Muzeydan shaxmat va voleybol tarixi, ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatgan sport ustalari, jahon chempionatlarida ishtirok etgan marhamatlik sportchilar haqida ma’lumotlar, suratlar hamda sohaga oid mingga yaqin kitob joy olgan.

Foto: “Daryo”

Maktab direktori Najmiddin Umarovning aytishicha, maktabga nafaqat tuman, balki viloyatning barcha hududlaridan o‘quvchilarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shaxmat zalida bir vaqtning o‘zida 100 nafar o‘quvchi mashg‘ulotda ishtirok etishi mumkin.

Maktab binosining ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, tadbirkor ushbu sport maktabini to‘liq davlat tasarrufiga o‘tkazib berishini ma’lum qilgan.

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimining qo‘shimcha qilishicha, tadbirkor 2018-yil qurib bitkazilgan 150 o‘rinli “Bolalar akademiyasi” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini ham to‘liq davlat tasarrufiga o‘tkazib bergan.

От qwert.uz