Oppoq bulutlar oʼrab,
Bezandi goʼzal falak.
«Rashk koʼzi» bilan qarab,
Xasad qilar kapalak.

Qaldirgʼoch kapalakka,
Falak chiroyin soʼzlar.
Kapalak shunda koʼkka,
Uchib bormoqni koʼzlar.

Qaldirgʼoch der: «Falakning,
Bordir billur saroyi.
Unda quyosh nurining,
Raqslari binoyi.

Shamol turdi-yu soʼngra,
Ketdi koʼkning chiroyi.
Bulutlar bilan birga,
Gʼoyib boʼldi saroyi.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz