Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida hukumatga qarshi prezidentni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan norozilik namoyishi o‘tkazildi. Bu haqda Facebook’dagi Balkan Observerfor Ukraine sahifasida xabar qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Facebook

Yuzlab odamlar prezident Rumen Radevni qo‘llab-quvvatlab, hukumatga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etdi.

Avval Bolgariyada prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Guvohlar himoyasi byurosi va boshqa organlar tomonidan Sofiya harbiy sudi hamda Maxsus jinoiy ishlar bo‘yicha sudi qaroriga ko‘ra prezident administratsiyasida tintuv o‘tkazilgandi.

Xususan, prezidentning xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilya Milushev va korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy masalalar bo‘yicha kotib Plamen Uzunovning kabinetlarida tintuv o‘tkazilgan. Keyinchalik ikkala amaldor ham savdoga ta’sir qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. Shuningdek, taniqli biznesmen Plamen Bobokov ham qamoqqa tushgan.

Mamlakat prezidenti ushbu choralarning ko‘rilishiga uning hukumatni va prokuraturani tanqid qilgani sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda. U namoyishda to‘plangan odamlar oldida nutq so‘zlab, ijro hokimiyati hamda prokuratura tarkibidagi “mafiya”ni boshqaruvdan chetlatish lozimligini ta’kidlagan.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariya bosh vaziri prezidentni yashirin ravishda boshqalarning faoliyatini kuzatganlikda ayblagandi. Prezident hamda mamlakat hukumati o‘rtasidagi nizo yangi darajaga ko‘tarilgan. Bosh vazir davlat rahbari tomonidan uyini dron vositasida yashirin ravishda kuzatish haqida buyruq berilganidan xabar topganini aytgan.

Foto: Facebook

От qwert.uz