Nikohni bekor qilish masalasini hal qilib berish evaziga fuqaroning 1 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.S. ismli shaxs fuqaro N.ning turmush o‘rtog‘i bilan nikohini bekor qilish va voyaga yetmagan o‘g‘li bilan uchrashib turish masalasini hal etib berishni va’da qilgan. U o‘zining  fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardagi tanishlari orqali masalani ijobiy hal qilib berish evaziga 1300 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 28, 211-moddasi (Jinoyat ishtirokchilarining turlari pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgan.

От qwert.uz