Koʼkka boʼy choʼzib terak,
Xech kimni pisand qilmas.
Bu manmanlik ne kerak,
Bosar-tusarin bilmas.

Terak der: «Xoy daraxtlar,
Xammangizga shoxman men.
Barcha ishlar-yumushlar,
Borasida boshman men.

Sizlar tobesiz menga,
Meni shox deb bilingiz.
Keyin xatto soyamga,
Doim taʼzim qilingiz».

Oradan vaqtlar oʼtib,
Xamma undan bezibdi.
Oʼzligini unutib,
Osmonga boʼy choʼzibdi.

Bir kun tunda nogaxon,
Qattiq shamol turibdi.
Daraxtlarni oʼsha on,
Xar tomonga suribdi.

Qarsillash yuz beribdi,
Qaerdadir bir maxal.
Keyin shamol tinibdi,
Kechasi allamaxal.

Daraxtlar tong otganda,
Koʼrishibdi ajib xol.
Terak sinib yotgandi,
Xammalarin qilib lol.

Shundan keyin bechora,
Yarabdi oʼtin uchun.
Boʼy choʼzishga ovora,
Bergan ekan bor kuchin!

Terakning qilmishlarin.
Oxiri yomon boʼldi.
Endi boʼlsa ertagim,
Shu bilan tamom boʼldi!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz