-«Erta baxor chogʼida,
Chiqdim xushboʼy xid bilan.
Baxoroyning bogʼida,
Bezak boʼldim, did bilan.

Odamlar meni terib,
Xidimdan zavq olishar,
Jiddiy eʼtibor berib,
Taomlarga solishar.

Yoz kelgach, baxor oʼtib,
Ketdi xidim, chiroyim.
Аriq boʼyida turib,
Xayol suraman doim.

Insonlar yoshligimda,
Qadrlashib sevdilar.
«Bizga keraksan juda,
Dorivorsan» — dedilar.

Qariganimda esiz,
Foydam tegmay qolibdi.
Shularni aytib yalpiz,
Chuqur oʼyga tolibdi.

Oʼksinib taqdiridan,
Yalpiz qilarkan nola.
Bir maxal qaysi yerdan,
Kelib qoldi bir bola.

Yurib ildam va chaqqon,
Yalpiz oldiga keldi.
Soʼngra yalpizga shu on,
Oxista shunday dedi:

-«Salom senga yalpizjon,
Bizga juda zarursan.
Turshaklarni xar qachon,
Qurtlardan qutqarursan».

Deb bola oʼroq bilan,
Yalpizni oʼrib oldi.
Ne uchun oʼrilganin,
Yalpiz xam bilib oldi.

Oxirgi nafasda xam,
Oʼzini qurbon qilib,
Yalpiz baxtiyor bu dam,
Insonga naf keltirib!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz