«Oxirgi qoʼngʼiroq» — «Oilaviy qoʼngʼiroq» (sheʼr)

Soqivoy baʼzida kirganda uyga.
Xotini bexosdan choʼchib ketadi.
Soqivoy oʼzi xam u bilan birga,
Xayollari xar yon uchib ketadi.

Bu xoldan xotin xam, oʼzi xam xayron,
Naxot taqillatib uyga kiradi.
Choʼchitib yuborib, dili xam vayron,
Yurak ushlab qolsa, nima qiladi?

Xotin der: «Dadasi, uyga kirsangiz,
Siz xam sal qovushib, sharpa qilsangiz.
Sezmay xam qolaman, kirib kelsangiz,
Yuragim «infarkt»ga moyil bilsangiz!»

Shularni gapirib, xotin bechora,
Kutardi eridan chiqishin sado.
Er esa, bosh qotib turar nachora,
Bunday muammodan boʼlgandi ado.

Xa, topdi yoʼlini, kichik oʼgʼliga,
«Oxirgi qoʼngʼiroq» boʼlgandi kecha.
Oʼsha qoʼngʼiroqni taqib boʼyniga,
Jiringlatib doim, kirar uyiga! …

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF