Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida pul evaziga diplom yozib berishni taklif qilgan direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura xabar qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Kitob tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada tumandagi kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari O.E. fuqaro D.ning farzandi S.ning diplomini qayta yozib berish hamda ikkinchi farzandi N.ga ushbu kollejni tugatganligi haqida diplom yozib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 650 ming so‘m talab qilgan.
Shundan 300 ming so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 350 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan O.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.