Samarqand viloyatida 64 yoshli ayolning uyiga bosqinchilik uchun kirgan va ayolni urib, mulkini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi, deya xabar beradi Tergov departamenti  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Tergov departamenti

Qayd etilishicha, 2019-yilning 12-noyabr soat 01:20 da Samarqand tumani “Badal” mahallasida yashovchi 64 yoshli M.B. (ayol) xonadonida begona shaxslarni yurganligini sezib qolgan. Ayol hovli qismiga chiqqan vaqtida ikki nafar noma’lum shaxslar boshiga niqob, qo‘llariga qo‘lqop kiygan holatda unga tashlanib, undan tilla taqinchoqlarinini qayerdaligini so‘rab, uning tanasining turli joylariga bir necha marotaba urgan.

Talonchilar ayol yiqilib qolgan vaqtida yashash xonasiga kirib, xonada bo‘lgan 4 million so‘m hamda 2 dona Nokia rusumli telefon apparatlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Foto: Tergov departamenti

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli B.А. va 28 yoshli Sh.А. tomonidan sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan bir dona Nokia X-2 rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Foto: Tergov departamenti

Jinoyat ishi bo‘yicha B.А. va Sh.А.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

От qwert.uz