Kuni-kecha Аfandi,
Yangi mashina oldi.
Mashinasiga endi,
Bir yaxshi «garaj» soldi.

Doʼstlari der: -«Аfandim,
Mashinangiz yuvaylik.
Shu baxonada balkim,
Bir maishat qilaylik.

Biz boramiz kechqurun,
Tayyorgarlik zoʼr boʼlsin.
Xammasidan xam burun,
«Аnavindan» moʼl boʼlsin!»

Uni bunday ishlarga,
Tajribasi koʼp edi.
Jilmayib ayyorona,
Doʼstlariga «xoʼp» dedi.

Аfandi uyda, mana,
Tayyorgarliklar katta.
Sakkiz chelak — suv toʼla,
Va yana shuncha latta.

Doʼstlari koʼp oʼtmasdan,
Birin-ketin kelishdi.
«Yaxshi tayyorgarlik»dan,
Rosti, xayron boʼlishdi.

Shunda noiloj ular,
Mashinani yuvdilar.
Qoraydiku ballonlar,
Yaltiradi salonlar.

Аfandining ishidan,
Qotib-qotib kuldilar.
Voz kechishib palovdan,
Uyga joʼnab qoldilar.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz