2019/2020-o‘quv yilida OTMlarni tamomlagan bitiruvchilar uchun diplomning elektron nusxasini onlayn yuklab olish imkoniyati yaratildi

Oliy ta’lim muassasasalarini 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajarish zarur:

  • diplom.edu.uz veb-saytiga kirish. Ekranda paydo bo‘lgan sahifaning “JShShIR” qismida pasportdagi tegishli ma’lumotni kiritish va “Tekshirish” tugmachasini bosish.
  • Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etgan. “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, “Diplom nusxasini ko‘chirib olish” tugmachasi bosiladi.
  • “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar aks etmasa, bitiruvchi tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi kerak.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishi mumkin, deyiladi Oliy ta’lim axborot xizmatining xabarida.