Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 41 yoshli D.P. rafiqasi bilan qo‘l uzatib salomlashmoqchi bo‘lgan qo‘shnisi I.R.ga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, 2020-yilning 29-iyun kuni soat 20:00 da Beshariq tumanida yashovchi 41 yoshli D.P. qo‘shnisi 42 yoshli I.R. bilan janjallashgan. Janjal I.R.ning D.P.ning rafiqasiga qo‘l uzatib so‘rashmoqchi bo‘lgani va unga iliq muomala qilishi oqibatida kelib chiqqan. D.P. qo‘shnisi bilan tortib, beton zina ustida turgan I.R.ni ikkala qo‘li bilan yelkasidan qasddan urib itarib yuborgan.

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, I.R.ning zinadan yiqilib, og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddaning birinchi qismi bo‘yicha aybdor deb topilgan jinoyatchiga uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Avval Qashqadaryoda himoya orderi berilgan xotiniga zo‘ravonlik qilgan er 15 sutkaga qamalgani, Qashqadaryoda 39 yoshli xotinini notanish erkakdan rashk qilgan er uni urib o‘ldirib qo‘ygani, Samarqandda shar’iy nikohdagi ayolini rashk qilib, unga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabarlar berilgan.

От qwert.uz