Gulning qismati (sheʼr)

-«Men tugʼildim goʼzal gulzorda,
Аtrofimda koʼp edi gullar.
Gulzor xidi oʼzgacha bunda,
Buni koʼrib quvonar dillar.

Bogʼbon xar kun tagimni chopib,
Mexr bilan parvarishladi.
Bulbul oshiq-beqaror boʼlib,
Sayrab qoʼshiq-kuy bagʼishladi.

Yoz kelganda bitiruvchilar,
Kelib meni uzib oldilar.
Chiroyimdan zavqlanib ular,
Soʼng guldonga solib qoʼydilar.

Zimmamdagi vazifam tayin,
Koʼz-koʼz qildim oʼz chiroyimni.
Bir necha kun oʼtgandan keyin,
Xayron boʼldim koʼrib xolimni.

Barglarim xam qovjirab butkul,
Chiroy mendan ayro ketibdi.
Bundan buyon eslamas bulbul,
Demak endi kunim bitibdi».

Lekin asli, u edi xursand,
Gul yaralmish goʼzallik uchun.
U gulzorda xazon boʼlgandan,
Goʼzallikka berdi bor kuchin.

Bechora gul shularni aytib,
Oxirgi gal xayolga choʼmdi.
Soʼng abadiy uyquga ketib,
Bu dunyodan koʼzini yumdi.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF