Qassob va ari (sheʼr)

Qassobning yon verida,
Sanogʼi yoʼq arini.
Shafqat boʼlmas arida,
Chaqadi yosh — qarini.

Lekin ari negadir,
Qassoblarni chaqmaydi.
Аri zoti qandaydir,
Koʼpchilikka yoqmaydi.

Qassob ariga chunki,
Goʼshtdan «berib» boqadi.
Bunday «gʼamxoʼrlik» balki,
Аrilarga yoqadi.

Demakki, boshqalarni,
Аri bilan ishi yoʼq.
Shuning uchun arini,
Qassoblarga «nish»i yoʼq!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF