Kecha tunda qarasam,
Daraxtda turar bir qush.
Xayron boʼldim juda xam,
Bu oʼngimmi yoki tush?

Qush edi juda katta,
Joyida qotib qolgan.
Kam xarakat albatta,
Daraxtga «yotib» olgan.

«Kish-kish» desam xattoki,
Qimirlab xam qoʼymadi.
Sovuqda qotib yoki…,
«Sharpa» qildim, boʼlmadi.

Yoqib koʼrib fonarni,
Qarasam, tovuq ekan.
Qutqardim jonivorni,
Daraxt xam sovuq ekan.

Tovuqni oʼz vaqtida,
Qamash kerak katakka.
Begʼam egasin esa,
Quvlash kerak daraxtga!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz