Londonning “Arsenal” klubi Angliya Kubogi yarim finalida “Manchester Siti”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

Shu tariqa “to‘pchilar” 21-marotaba musobaqa finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Bungacha jamoa ushbu finallarning (20) 13 tasida g‘alaba qozongan, 7 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Ikkinchi finalchi nomi esa 19-iyul kuni ma’lum bo‘ladi. Unda “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Ta’kidlash joiz, agar “Manchester Yunayted” “Chelsi”ni mag‘lub etsa, “Arsenal”ning rekordni takrorlashi mumkin.

Yana bir e’tiborga molik tomoni, “kanonirlar” o‘z tarixida bo‘lajak raqiblariga finalda yutqazmagan. 2002 va 2017-yillarda “Chelsi” mag‘lub etilgan, 1979 va 2005-yillarda esa “Manchester Yunayted” taslim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Kubogi final o‘yini 1-avgust kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi esa “Manchester Siti” sanaladi.

От qwert.uz