Maqsad tomon…(sheʼr)

Jajjigina chumchuqcha,
Inidan chiqarib bosh:
-«Uchaman!» — der quyoshga,
Lekin oʼzi xali yosh.

Shunday der boshqalarga:
-«Аvval boʼlayin katta,
Soʼng koʼrasiz quyoshga,
Uchganimni albatta.

Orzuga ayb yoʼq, faqat,
Loqaydlik asli yomon.
Yashashdan boʼlsin maqsad,
Intiling maqsad tomon!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF