O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingi aniqlandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Reyting Kiberxavfsizlik markaziga davlat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida baholandi.
Eng yuqori reytingdagi tashkilotlar Top-10 taligiga Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, qator bank va boshqa tashkilotlar, jumladan, joylardagi ijro hokimiyati organlari kirdi.
Foto: Adliya vazirligi
Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (Project.gov.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (Regulation.gov.uz), “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (E-notarius.uz), nodavlat notijorat tashkilotlari portali (E-ngo.uz), Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz), “Intellektual mulk” axborot-qidiruv tizimi singari va boshqa yirik axborot resurslari tegishli.