Ishkomidan moʼralab,
Uzumlar «maʼyus» boqar.
Аtrofida galalab,
Аrilar uni «chaqar».

Faqat chaqqanda ular,
Uzumni bir tishlaydi.
Oziq gʼamlab arilar,
Shu tariqa qishlaydi.

Аrilar yegan bilan,
Uzum qolmas kamayib.
-«Mayli endi, osh boʼlsin!»,
Deymiz faqat jilmayib!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz