Osmonni bulut qoplab,
Birdan yomgʼir boshladi.
Nimadandir arazlab,
Osmon koʼzin yoshladi.

Gʼallani ekkan dexqon,
Xursand edi sevinib.
Qaydadir boshqa inson,
Xafa edi kuyunib.

Xullas dunyo shunaqa,
Аsli bir kam yaralgan.
Kimga toʼy, kimga aza,
Bu, notekis taralgan.

Qanday xolat boʼlsa xam,
Kurashuvchandir inson.
Xar qanday gʼam kelsa xam,
Koʼksini qilur qalqon!…

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz