Koʼpni koʼrgan keksa insonlar,
Derlar: «Xayot — achchiq xaqiqat!».
Bu xaqiqat achchiq shunchalar,
Totib koʼrgan anglaydi faqat.
Garchi shunday boʼlsada achchiq,
Unda xam bor oʼzgacha bir gasht.
Xaqiqatning koʼzlari ochiq
Boʼlur sizda pasaymasa shasht.
Uni yengmoq joiz albatta,
Аsqotadi iroda bunda.
Boʼlmasa xam natija katta,
Yashamoqning gashti xam shunda!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF