Ninachi (sheʼr)
Katta ariq boʼyida,
Ninachi uchib yurar.
Mazax qilmoq kuyida,
Chumoli undan soʼrar:
-«Ninachijon, ninachi,
Oʼxshamaysan oʼzingga.
Qani, bir oz oʼynachi,
Solib qoʼyay, esingga!».
Ninachi der: -«Bekorni,
Beshtasini soʼylama.
«Ninachi va chumoli»,
Ertagini oʼylama!.
Oʼzgarganman men ancha,
Gʼamlanaman, qishga deb,
Buni bilishsin barcha,
Kamsitmang meni xadeb!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF