Oilaviy, kechki payt,
«Serial» koʼrar edik.
Nabiram esa bu vaqt,
Savolin soʼrar edi:

-«Serialingiz axir,
Nega juda gʼalati?
Faqat «salat» yoyishar,
Nima, yoʼqmi ovqati?».

Xayron boʼlib bu gapdan,
Koʼrsak, ajoyib xolat.
Xa, serialda rostdan,
Yeyishar faqat salat.

Soʼng dedim nabiramga,
Oʼylab koʼrib, jilmayib:
-«Osonmas rejissyorga,
Puli qolgan kamayib!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz