-«Menga quloq sol baliq,
Goʼshting namuncha taliq?

Sen ajoyib masalliq,
(Toʼgʼri, bir oz qiltiriq).

Xozir seni ushlasam,
Tozalasam, tuzlasam,

Pishirib yesam, keyin,
Senga boʼladi qiyin.

Oilang bor, bolang bor,
Ularni qilmay abgor!

Bu zoʼrlikning belgisi,
Shuning uchun yaxshisi,

Seni ozod qilaman,
Uying obod qilaman!».

Baliq deydi: -«Ey, tentak,
Muloxaza qil andak.

Аvval meni ushlagin,
Soʼngra, koʼngling xushlagin!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz