Gulzordagi gul dedi:
-«Gulzor mening makonim.
Unib-oʼsdim shu yerda,
Shu yerda chiqar jonim.»

Tuvakdagi gul dedi:
-«Gultuvak — mening uyim,
Qishin-yozin bir xilda,
Koʼm-koʼk boʼlaman doim!».

Guldondagi gul dedi:
-«Guldon soʼnggi makonim.
«Soʼlib qolsamda, tezda,
Lekin, yoʼqdir armonim!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz