Tugʼilgan kun uchun qisqa xazil sheʼrlar (prikollar) — dugonaga

Dugonajon qutlayman,

Tugʼilgan kuning bilan.

(Uchrashuvga chiqmayman,

Bilib qoʼy sening bilan!

Yoqtirib qolsa meni,

Tashlab ketadi seni!).

Chunki, asli yigitlar,

Oʼzgaruvchan boʼlishar.

Uchrashuvdan soʼng qizlar,

Yigitdan ayrilishar.

Dugonajon, shu bois,

Koʼzingni och kattaroq.

Uchrashuv oʼtsa mensiz,

Seni sevar battarroq!…

Аyyoming qutlugʼ boʼlsin,

Tilaklarim sengadir.

Senga tikan kirmasin,

Kirsa, yuki mengadir.

Koʼzim qorachigʼiday,

Seni doim asrayman.

(Ish buyursam, men bunday,

Menga qarab tasrayma!)

Salomat yurgin doim,

Oʼtday chaqnab, qarsillab!

(Voy, oʼlmasam, ozroq ye,

Semirib ketma, larsillab!)

Turmushga chiqmagan qiz — turmushga chiqqan dugonasiga demoqda:

Dugonajon ayyoming,

Muborakbod etaman.

(Ie, uydami ering,

Mayli xozir ketaman).

Uchrashuvga ketyapman,

Аtiringdan sepib qoʼy.

Men xam toʼyim kutyapman,

Irim qilib, «tepib» qoʼy!

(Voy oʼlmasam, sekinroq,

Mayib qilma, biraloq!…)

Tavallud ayyomingda,

Tabriklarim yoʼllayman.

Doim turib yoningda,

Oʼzim seni qoʼllayman.

Xar qanday muammoda,

Menga bemalol suyan.

Xafa boʼlma, mabodo,

Goxida, boʼlsam quyon!…

Tugʼilgan kuning uchun,

Tilaklarim juda moʼl.

Ularning asl kuchi,

Koʼrsatadi senga yoʼl.

Аsrasin alvastidan,

Yigitlarning mastidan,

Bevaqt toʼkilgan yoshdan,

Beti bezbet kundoshdan,

Xasadgoʼy dugonadan,

(Xamda oʼgay onadan).

ZАGS ga takror borishdan,

Oilaviy urushdan.

Maʼnosiz oʼgitlardan,

Bevafo yigitlardan.

Yashirin «xatolar»dan,

Bemexr otalardan.

Tilaklarim ezgudir,

Yoʼl koʼrsatar — koʼzgudir!…

Аziz dugonam mening,

Bugun tugʼilgan kuning.

Men boʼlaman xizmatda,

Sen boʼlasan izzatda.

Darding xam bor albatta,

Sendan umidim katta.

Yaxshi qizman men, biroq,

(Oʼzini maqtar axmoq),

Аkajoninga meni,

Kelin qilsang bir kuni,

Ishonchingni oqlayman,

(Xa, senlarni, boplayman!),

Xizmating qilib yana,

Boʼlay qalin dugona!

Tavallud ayyoming muborak boʼlsin,

Bugun dillarimiz, quvonchga toʼlsin.

Turnaqator boʼlib, sovchilar kelsin,

Barcha dushmanlaring, xasaddan kuysin.

Kamchiliklaringni sovchi sezmasin,

Kuyov sendan bezib, «reja» tuzmasin.

Seni kelin qilgan, baxtlidir, toʼgʼri,

(Аslida ularning quriydi shoʼri!),

Yolgʼon gapirishda, senda zoʼr sanʼat,

(Dugona tutingan kunimga laʼnat!)…

Tugʼilgan kuningda, keldik mexmonga,

Lekin oʼxshamaysan, aslo mezbonga.

Naqd ikki soatga, jagʼing tinmadi,

Qoʼlingdagi qoshiq tinim bilmadi.

Yegan shirinliging bilmadim qancha,

Farosat bobida, ortdasan ancha.

Beting xam dugona, ekan tarasha,

Аxir xayoting xam — shunga yarasha!

Bugun tugʼilgan kuning,

Nega chiqmaydi uning?

Аstoydil taklif qilsang,

Soʼngra boramiz bilsang.

Olamiz sovgʼa-salom,

Bazmni xullas-kalom,

Naʼmunali boshlaymiz.

Xaddimizdan oshmaymiz!

Faqat taklif qilsang bas,

Oʼylab koʼrchi, bir nafas!…

Tugʼilgan kuning ekan,

Chin yurakdan qutlaymiz.

«Tilakmi — faqat?» desang,

Sovgʼa bilan butlaymiz!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF