Kiyevda bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suhrob Karimovga oligofreniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan va u psixonevrologik ro‘yxatda turadi. Bu haqda Ukraina IIV vakili Anton Gerashenkoga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Ukraina xavfsizlik xizmati

“Suhrob Karimov 1998-yildan buyon oligofreniya kasalligi tashxisi bilan O‘zbekistonda psixonevrologik ro‘yxatda turgan. Ushbu kasallik tashxisi unga 10 yoshligida qo‘yilgan. Karimov Ukrainada xotirjam hayot tarzida yashagan va avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan”, – deya Facebook’da post yozgan IIV vakili.

Shuningdek, Gerashenko bank bo‘limi binosida portlovchi moddalar va buyumlar topilmaganini ma’lum qilgan.

“Endi u uzoq vaqt davomida panjara ortida bo‘lishiga to‘g‘ri keladi”, – deya postiga yakun yasagan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.

Ukraina xavfsizlik xizmati terrorchining ushbu harakatlardan ko‘zlagan maqsadi va sheriklar bo‘lgan yoki bo‘lmagani yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Erkak 3-avgust kuni taxminan soat 12:00 da bank bo‘limiga kirgan va uning sumkasida bomba borligini aytgan. U bankning barcha ishchilarini qo‘yib yuborgan, bo‘lim bo‘shlig‘i o‘z xohishi bilan u yerda qolgan.

Shundan so‘ng bank binosiga ZIK, “Nash” va “112” telekanallari muxbirlari kirgan. Erkak ulardan o‘zining efirda ekanligini tekshirish uchun telefon so‘ragan. U OAV vakillari bilan suhbat vaqtida qo‘lga olingan.

От qwert.uz