Yanvar oyi boshida xato tufayli urib tushirilgan Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti uchun Eron tovon to‘laydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Abbos Musaviyga tayanib “RBK” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “RIA Novosti”

“Eron samolyot uchun tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi, ammo bu jarayon uzoq davom etadi va turli xil texnik hamda huquqiy jihatlarni o‘z ichiga oladi”, – dedi Musaviy.

U tovon puli to‘lash masalasida muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi va alohida ta’kidlab o‘tdiki, Tehron urib tushirilgan samolyot uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

Ma’lumot uchun, Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni AQSh havo kuchlari tomonidan Bag‘dod aeroportiga berilgan aviahujum oqibatida o‘ldirilgandi. Zarba AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan. 8-yanvar kuni esa Eron unga javoban Iroqdagi Amerika bazasiga hujum qilgan.

Hujum vaqti raketalarning biri Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Tehrondan Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyotiga tegib, uni urib tushirilgan. Samolyot bortida 176 kishi vafot etgan.

Eron darhol aviahalokatga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytgan. Keyinchalik, 11-yanvar kuni Eron mamlakat havo mudofaasi samolyotni operatorning xatosi tufayli urib tushirilganini tan oldi va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga kompensatsiya to‘lashini ma’lum qildi. Yanvar oyi oxirida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif samolyotni tasodifan urib tushirgan askar qamoqda ekanini aytgan.

От qwert.uz