O‘zbekiston bo‘yicha 2020-yilning yanvar—iyun oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2,5 million so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati 30,4 foizga, ta’lim sohasi 22,9 foizga past bo‘lgan. Shu bilan birga bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 13,7 foizga, axborot va aloqa sohasi 62,2 foizga respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligi kuzatilgan.

Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o‘sishi kuzatilgan. Xususan, bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida 33,4 foizga, tashish va saqlash sohasida 28,5 foizga o‘sish qayd etilgan.

Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,9 million so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 17 foizga ko‘paygan.

Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan sezilarli yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 39,6 foiz, Sirdaryo viloyati 2 foiz, Toshkent viloyatida 0,2 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,2 foizni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, 10 ta hududda ushbu yo‘nalishda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past ekanligi kuzatildi.

Respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyatida 95,6 foiz, Xorazm viloyatida 92 foiz, Farg‘ona viloyatida 90,9 foiz hamda Qashqadaryo viloyatida 88,7 foizni tashkil etgan.

От qwert.uz