Puch yongʼoq (sheʼr)
Uch farzandiga ona,
Uch yongʼoqni taqsimlab,
Soʼngra chetdan xufyona,
Kuzatdi u yaxshilab.
Yongʼoqlarin uchchovi,
Chaqdilar birin-ketin.
Kenja oʼgʼil yongʼogʼi,
Puch boʼlib chiqdi lekin.
Toʼngʼich bilan oʼrtancha,
Darrov koʼrsatib mexr,
Yongʼoqlarin kenjaga,
Berdilar, «Uka axir!».
Ona buni kuzatib,
-«Xayriyat!» — der vaqti choq.
Bunday mexr koʼrsatib,
Yashashar ular inoq!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF