Yolgʼiz anxor boʼyida,
Oʼtirar edi bir chol.
Ogʼir xursinishidan,
Parishon edi xayol.

U xayol daryosiga,
Tamoman gʼarq boʼlgandi.
Koʼpni koʼrgan koʼziga,
Butkul qaygʼu toʼlgandi.

Tutamlab soqolini,
Oʼylar edi kimnidir.
Oʼtmish xayoli uni,
Soʼylar edi nenidir.

Qanday dard ekan cholning,
Yuragini dogʼlagan.
Nimasi bor savolning,
Oʼylamoqqa chogʼlagan.

Аslida esa cholning,
Boʼlgan ekan farzandi.
Boshiga yetgan uning,
Dushman degan gazanda.

Bir payt nabiralari,
Qiy-chuv qilib kelishdi.
Biri qoʼyib — birlari,
Cholni «achom» qilishdi.

Mana shu nabiralar,
Xar gal quvonch ulashib,
Gʼam chekishga qoʼymaslar,
Yillar oʼtar quvlashib!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz