Kuz edi, yongʼoqning tagida,
Bir bola nenidir qidirar.
Bilmayman, nimaning dardida,
Barglarni xar yonga sidirar.

Qidirib barglarning ichini,
Nixoyat bir yongʼoq topdi u.
Yongʼoqmas, topganday tillani,
Sevinchdan uyiga chopdi u.

Kim boʼlsa, mexnatla oshino,
Bir umr u baxtli yashaydi.
Qidirib topilgan yongʼoq xam,
Goʼyoki shu baxtga oʼxshaydi…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz