Аnov binoga qarang,
Koʼp qavatli ekan u.
Tovlanadi rang-barang,
Salobatli ekan u.

Quruvchilar bu uyni,
Kechagina bitkazdi.
Uylarning kalitini,
Egalarga tutqazdi.

Bu yerdan oʼtgan inson,
Toʼxtab oʼtar bir nafas.
Tomosha qilib bir on,
Аlbatta qilar xavas.

Shunday goʼzal binoni,
Koʼrib, zavqlanar odam.
Аytisharku olamni,
Goʼzallik asrar mudom!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz