Jajji toychoq otlarning,
Ortidan chopmoq boʼlar.
Koʼrib otlar gʼazabin,
Dikirlab, qochmoq boʼlar.

Chanqagach soyga tezroq,
Kishnagancha chopadi.
Qirgʼogʼi baland biroq,
Qulay joyni topadi.

Oʼtloqqa borib soʼngra,
Kech kirguncha oʼtlaydi.
Choʼponlar kech kirganda,
Barcha otni toʼplaydi.

Toychoq xam otlar bilan,
«Yotogʼi»ga intilar.
Qanday ot chiqar undan,
Buni faqat, «vaqt» bilar!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz