Tugʼilgan kun uchun qisqa xazil sheʼrlar (prikollar) — qoʼshni qizga

Qoʼshnim qizi xadicha,

Xar kungi odaticha,

(Eski bir qoʼshiq matni,

Jimirlatadi etni!…),

Erta turib (onasi),

Bu «odob» nishonasi,

Uygʼotmasdan qizini,

(Qarang, qiynab oʼzini),

Qoʼllarida supurgi,

(Qiz qoʼliga «kuydurgi»!)…

Koʼcha supurar oʼzi,

(Qizni qizarmas yuzi).

Suv xam separ kamiga,

Insof bersin xammaga!

Xa, sen, baribir «ilon»,

Tugʼilgan kuning bilan!…

Toʼyda toychoq kishnaydi,

Ot boʼldim deb yor-yor.

«Grosmeyster» yigʼlaydi,

«Mot» boʼldim deb yor-yor.

Qoʼshni bola yigʼlaydi,

«Porot» boʼldim deb yor-yor.

Qoʼshni qizcha uxlaydi,

«Menga nima» yor-yor,

Toʼqqizgacha uxlasam,

Senga nima, yor-yor.

Frantsuz ayollari,

Koʼp uxlarkan, yor-yor,

Shu sabab xusnlari,

Goʼzal ekan, yor-yor.

Tugʼilgan kunim bu kun,

Boʼling mexmon yor-yor.

Qoq-quruq kelmang lekin,

Sovgʼa kelsin, yor-yor!…

Quralay koʼz, quralay,

Devoringdan moʼralay.

Uyda boʼlsang xar qalay,

Jamolingni bir koʼray.

Quralay koʼz, quralay,

Eshigingdan moʼralay.

Dadang kelsa. men oʼlay,

Uyga tezroq, yoʼrgʼalay.

Quralay koʼz, quralay,

Tomdan turib moʼralay,

Tugʼilgan kuning bugun,

Uyimda bor bir tugun.

Eski roʼmol bir talay,

Shular bilan tabriklay!…

Аytsam sizga men bir masal,

Аytsam agar, nima afzal:

Yiroqdagi yogʼlik oshdan,

Uyda yovgʼon oshing afzal.

Uzoqdagi qarindoshdan,

Oʼsha yomon qoʼshning afzal.

Uzoqdagi «mingtalik»dan,

Yaqindagi «yuz»i afzal.

Yiroqdagi qalam-qoshdan,

Qoʼshni qizning oʼzi afzal.

Fasllarning kuz-qioʼidan,

Issiqqina yozi afzal.

Noʼnoq ovoz qoʼshiqchidan,

Sozandaning sozi afzal.

Qutlugʼ boʼlsin, tavalluding,

Sovgʼalarning ozi afzal.

Oʼz qadrini biladigan,

Goʼzallarning nozi afzal!…

Qoʼshni bilan qoʼshnining,

Yettidan bir xaqi bor.

Qiziq ular ishining,

Gap tagida gapi bor.

Shuning uchun bu naql,

Tugʼilgan kuningadir.

Keltirdim men yetti gul,

Bir donasi sengadir!…

Koʼchamizda nogaxon,

Koʼtarildi chang-toʼzon.

Xech yerni koʼrib boʼlmas,

Nafas xam olib boʼlmas.

Qanday baxtsiz xodisa,

Nima buning boisi.

Keyin bilsak, qoʼshni qiz,

Eshik supurar yolgʼiz.

Tugʼilgan kuning bugun,

Sovgʼalar tugun-tugun!

Xoy suluv qiz, gulgʼuncha,

Changitmay tur buguncha!

Qoʼshni qizning uyiga,

Chiqdim qatiq baxona.

Аytmoqchiman oʼziga,

Uchrashay deb pinxona.

Qatiqni berayotib,

Chimdib oldi bilagim.

Oʼymasi yoqib ketib,

Oʼynab ketdi yuragim.

Erta tugʼilgan kuning,

Tabriklashga chiqaman.

Otang keb qolsa sening,

Qoʼyib mingga qochaman!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF