Doʼstligimiz abadiy… (sheʼr)
Turli millat birlashgan,
Birlashgan, uygʼunlashgan.
Ulkan davlat yaralgan,
Shuxrati keng taralgan.
Xar xil bizning tilimiz,
Lekin birdir dilimiz.
Biz qarshimiz urushga,
Jangu-jadal yurishga.
Xammamiz yashaymiz doʼst,
Yashaymiz bekamu-koʼst.
Doʼstlik butun dunyoda,
Xamma kuchdan ziyoda.
Xammamizda maqsad bir,
U xam boʼlsa, tinchlikdir!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF