Qoʼy va eshak qissasi (sheʼr)

Bir kuni qoʼy dedi eshakka:
-«Sen oʼxshaysan dardsiz kesakka,

Yelkang yagʼir, qilasan mexnat,
Menchi, doim koʼraman roxat!

Senga oʼxshab bajarmayman ish,
Mening «ishim» faqat yeb-ichish».

Shunday deb qoʼy rosa maqtanib,
Eshak esa, ogʼir xursinib,

Joʼnab ketdi yana ishiga,
Qoʼy xam ketdi oʼz yemishiga.

Bir kun qoʼyni oyogʼin bogʼlab,
Bechorani soʼymoqqa chogʼlab,

Olib chiqib tashqariga tez,
Boʼgʼizlashdi uni oʼsha kez.

Eshak esa, bu xolni koʼrib,
Faqat yana qoʼydi xursinib!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF