Poyonsiz dasht, choʼldasiz,
Bir xum tilla xurjunda.
Bunday yerlar «kimsasiz»,
«Xar ne» boʼlar bir zumda.
Yoningizda oʼsha payt,
Na suv, na non boʼlmasa,
Qorin ochsachi, bir vaqt,
Lekin qorin toʼymasa.
Tilla emas, non boʼlsa,
Toʼyib-toʼyib yerdingiz.
Tillani yeb boʼlmasa,
Bunga ne xam derdingiz.
«Gap bor, gapning tagida»,
Tillaning xam oʼrni bor.
Xar qanday sharoitda,
Zarur narsalar darkor!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF