Tong (sheʼr)

Yiqqanida qora tun sepin,
Koʼtarilib quyosh xam sekin,

Zar nurlarin borliqqa sochdi,
Koʼrshapalak panaga qochdi.

Chugʼur-chugʼur qushchalar sayrab,
Choʼmildilar nur bilan yayrab.

Xammayoqda mexnat qaynaydi,
Gulzorlarda bulbul sayraydi.

Qushlar esa, yemak izlaydi,
Barcha jonzot charchash bilmaydi.

Quyosh esa, surilib asta,
Togʼ ortiga botar bir pastda.

Shundan keyin, toʼxtaydi mexnat,
Borliq uzra choʼkar sukunat.

Va odamlar uxlashga yotar,
Xali zamon yana tong otar!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF