Xoy odamlar. odamlar,
Bogʼda pishgan bodomlar.
Eshitinglar soʼzimni.
Tanitayin oʼzimni.
Men bir oddiy boʼriman,
Lek sizningcha oʼgʼriman.
Gapning rostini aytsam,
Xatto ichaman qasam.
Biz xam keltirib foyda,
Xar doim va xar joyda.
Kemiruvchilarni biz,
Qoldirmasdan qiramiz.
Baʼzi boʼrilar ammo,
Chiqarishib muammo,
Qorinlari ochganda,
Biroz aql qochganda,
Koʼz tikib qoʼy-qoʼziga,
Tashlanadi boʼgʼziga.
Bu yaxshi emas, toʼgʼri.
Boʼri, baribir boʼri.
Bu tabiiy extiyoj,
Boʼlib qolsak, noiloj.
Tabiatning qonuni,
Buzolmas xech kim uni.
Shu sabab baʼzan biz xam,
Tashlaymiz qaltis qadam.
Shuni olib xisobga,
Bizni «Qizil kitob»ga,
Kiritishni soʼraymiz,
Umid bilan qaraymiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF