Italiya janubidagi Taranto shahri ma’muriyati yetti dona tashlandiq uyni bir yevro bahosida sotuvga qo‘ydi. Bu haqda shahar meriyasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Ukraina-italia.at.ua”

Ta’kidlanishicha, uylarni xarid qilish uni ekologik va energiya ta’minoti normalariga to‘liq mos holda rekonstruksiya qilish majburiyatini yuklaydi.

Mahalliy OAVning yozishicha, yettita ko‘chmas mulkning barchasi shahar-portning eski qismida joylashgan bo‘lib, bu yerlar tarixi eramizdan oldingi IX asr boshlariga borib taqaladi.

Ko‘plab italiyaliklar va xorijlik investorlar taklifga qiziqish bildirmoqda. Shahar meri Rinaldo Meluchchining ma’lum qilishicha, Taranto ma’muriyati rekonstruksiya loyihalarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Italiyaning Sambuka shahri rasmiylari tarixiy binolarning har biri 1 yevroga sotilishini e’lon qilgan edi.

От qwert.uz