Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi guruhi xodimlari tomonidan navbatdagi nayrang fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, viloyatda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijiy davlatdan olib kelingan Toyota Tundra Edition 1794 rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda yengil avtomashina sifatida qayd etilgan.
Biroq o‘rganilish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, aslida avtomashina pikap, ya’ni yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi ekanligi aniqlangan.
“Uddaburonlarning qing‘ir rejasi fosh bo‘ldi va davlat foydasiga 258,3 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirib olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.