Soʼradilar keksadan:
-«Kim boʼlgansiz yoshlikda?».
-«Xarbiylikning nonidan,
Bolam, totib koʼrdikda!»…
Soʼradilar goʼdakdan:
-«Kim boʼlasan ulgʼayib?».
-«Men xarbiy boʼlmoqchiman!»,
Dedi goʼdak jilmayib.
Soʼradilar keksadan:
-«Orzuingiz qolmagan?,
Demak xayotingizda,
Sira armon boʼlmagan?».
-«Qolgan soʼnggi armonim!»,
Dedi entikib keksa.
-«Shu goʼdak bosib oʼrnim,
Munosib xarbiy boʼlsa!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF