Ismim masxarabozdir,
Sizni kuldirsam, sozdir.
Koʼp yashaysiz kulsangiz,
Menga xamrox boʼlsangiz.
Mening ishim kuldirmoq,
Gʼam-tashvishni soʼndirmoq.
Qiligʼimdan kulsangiz,
Shunda agar bilsangiz,
Boshim osmonga yetar,
Balki undan xam oʼtar.
Birov ustidan faqat,
Kulsangiz, boʼlgum diqqat.
Kuldirishni qilib bas,
Sizdan qilaman araz.
Shuning uchun kelinglar,
Men bilan bir kulinglar!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF