Risoladay xayotim,
Ostimda uchqur otim.

Qamchini urib asta,
Marra tomon bir pastda,

Uchamanu — yetaman,
Maqsadni zabt etaman.

Oldinda katta marra,
Lekin qoʼrqmayman zarra.

Ishonchim zoʼr otimga,
Matonat, sabotimga.

Katta marraga yetdim,
Undan xam oʼzib ketdim.

Sal obqochdim, ming uzr,
Obqochib qildim xuzr.

Gaplarim bari xayol,
Xayol surgandim xiyol!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz